Maxfiylik siyosati
Oxirgi tahrir: 21-noyabr 2026-yil
Ushbu siyosat “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tuzilgan. Saytdan roʻyxatdan oʻtish orqali Siz maʼlumotlaringizni quyidagi maqsadlarda qayta ishlashga rozilik berasiz.
Qanday maʼlumot yigʻiladi
- telefon raqami va ism — hisobga kirish va xaridlar uchun;
- xaridlar va toʻlovlar tarixi — chek, qaytarish va hisobot uchun (karta maʼlumotlari bizga kelmaydi);
- darslarni koʻrish progressi — “qolgan joydan davom ettirish” va qaytarish shartini tekshirish uchun;
- qurilma va IP manzil — xavfsizlik (sessiyalar, suiisteʼmolga qarshi cheklovlar) uchun.
Kimga beriladi
Maʼlumotlar sotilmaydi va reklama uchun berilmaydi. Faqat xizmat koʻrsatish uchun zarur hamkorlarga beriladi: SMS yuborish (Eskiz), toʻlov tizimlari (Payme, Click, Uzum, Octo), video xizmati va server provayderi. Davlat organlariga — faqat qonunda belgilangan hollarda.
Qanday himoyalanadi
Maʼlumotlar shifrlangan aloqa (HTTPS) orqali uzatiladi, parol va kirish kodlari ochiq holda saqlanmaydi, serverga kirish cheklangan. Zaxira nusxalar shifrlangan holda saqlanadi.
Sizning huquqlaringiz
Maʼlumotlaringizni koʻrish, tuzatish yoki hisobingizni oʻchirishni soʻrashingiz mumkin — aloqa sahifasi orqali. Qonun boʻyicha saqlanishi shart boʻlgan toʻlov yozuvlari belgilangan muddatgacha saqlanadi.
Cookie
Sayt faqat hisobga kirish uchun zarur cookie ishlatadi. Reklama va kuzatuv cookie’lari ishlatilmaydi.